locale OZ

Infantino KJCh ishtirokchilari sonini oshirish va turnir davriyligi tezlashtirish tashabbusi bilan chiqdi — manba

UEFA esa FIFA prezidentining mazkur rejalariga qarshi chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino KJCh ishtirokchilari sonini oshirish va turnir davriyligi tezlashtirish tashabbusi bilan chiqdi — manba
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirish, shuningdek, turnirni o‘tkazish davriyligini tezlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Infantinoning mazkur rejalariga qarshi chiqmoqda. Tashkilot klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini kengaytirish, xususan, ishtirokchi jamoalar sonini oshirish yoki musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish bo‘yicha har qanday urinishlarni bloklash niyatida. UEFA vakillari turnirda Yevropa klublari sonining ortishiga nisbatan o‘z noroziliklarini bildirib o‘tishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi turnirda 12 ta Yevropa klubi ishtirok etgan bo‘lib, final uchrashuvida «Chelsi» klubi «PSJ» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting