locale OZ

Infantino: «Jahon chempionatining iqtisodiy taʼsiri 80 mlrd dollarni tashkil etadi»

FIFA prezidenti Jahon iqtisodiy forumida nutq soʻzladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino: «Jahon chempionatining iqtisodiy taʼsiri 80 mlrd dollarni tashkil etadi»
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino Shveysariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zladi. Ushbu tadbir xalqaro geopolitikadagi makrotrendlarni muhokama qilish uchun siyosat va iqtisodiyotning yetakchi vakillarini bir joyga jamlaydi.

«Jahon chempionatining iqtisodiy ta’siri taxminan 80 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu FIFA tomonidan emas, balki Jahon savdo tashkiloti tomonidan baholangan. Gap 825 mingta to‘liq bandlikdagi ish o‘rni va 20 mlrd dollardan ortiq ish haqi haqida bormoqda. Bu AQSh, Kanada va Meksika kabi mezbon uch davlatga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha paytda Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurish masalasi muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, aynan shu uch davlat birgalikda Jahon chempionatiga ariza topshirgan. Shunga qaramay, ular musobaqani o‘tkazish yo‘lida birga ishlashdi. Bu esa to‘p va ushbu sovrinning sehrini ko‘rsatadi», — dedi Infantino.

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting