locale OZ

Infantino Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmoqda

Bu haqda jurnalist Romen Molina o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

FIFA prezidenti Janni Infantino 2030 yildan boshlab Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta terma jamoaga yetkazish loyihasini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Romen Molina o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ushbu tashabbus Infantinoning 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressi oldidan olib borayotgan saylovoldi kampaniyasining muhim qismi hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, loyihani amalga oshirish uchun Infantino Afrika futboli rahbarlarining qo‘llab-quvvatloviga tayanishni rejalashtirgan. Evaziga esa afrikalik funktsionerlar FIFA nizomiga o‘zgartirish kiritishni talab qilmoqchi.

Bu o‘zgartishlar Infantinoga tashkilot prezidenti lavozimiga yana bir qo‘shimcha muddatga nomzodini qo‘yish imkonini berishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting