locale OZ

Infantino Ispaniya terma jamoasiga chempionlik uzuklarini sovg'a qildi

Ma'lumotlarga ko'ra, jami 2026 ta uzuk tayyorlangan.
Infantino Ispaniya terma jamoasiga chempionlik uzuklarini sovg'a qildi
ФОТО: Getty images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan Ispaniya terma jamoasiga maxsus xotira uzuklarini topshirdi. Bu haqda Infantino o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Chempionlik uzuklari Amerika sportidagi, xususan NFL g'oliblariga beriladigan Super Bowl chempionlik uzuklari an'anasi asosida ishlab chiqilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, jami 2026 ta uzuk tayyorlangan. Shundan 30 tasi Ispaniya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabiga taqdim etilgan. Qolgan 1996 tasi esa rasmiy litsenziyalangan mahsulot sifatida sotuvga chiqariladi.

Uzuklar oltindan yasalgan bo'lib, olmos va safir toshlari bilan bezatilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting