locale OZ

Infantino FIFA'dagi faoliyatidan keyin yiliga 30 million dollarlik lavozimni egallamoqchi bo'lgan

Bu haqda The Times nashri ma'lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino FIFA'dagi faoliyatidan keyin yiliga 30 million dollarlik lavozimni egallamoqchi bo'lgan
ФОТО: Getty images

FIFA prezidenti Janni Infantino prezidentlik vakolati yakunlangandan so‘ng, FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tuzilmada komissar lavozimini egallashni rejalashtirgan. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur lavozimda Infantinoning asosiy yillik maoshi 30 million AQSh dollarini tashkil etishi kerak edi. Bu summaga turli bonuslar kiritilmagan.

Rejaga muvofiq, FIFA Forward Enterprise FIFAning tijorat faoliyati hamda qator yirik musobaqalar, jumladan, jahon chempionatini tashkil etish huquqlarini boshqaruvchi alohida tashkilotga aylanishi ko‘zlangan. Shuningdek, ushbu kompaniyaning ma'lum ulushini tashqi investorlarga sotish ham rejalashtirilgan edi.

Biroq bu tashabbus FIFA rahbariyati ichida keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Qator futbol amaldorlari va federatsiya vakillari mazkur rejaga qarshi chiqqan, hatto ayrim tomonlar boykot e’lon qilish ehtimolini ham bildirgan. Natijada FIFA Forward Enterprise loyihasini amalga oshirish bekor qilingani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Avvalroq OAVda Infantino tayyorlagan mazkur reja amalga oshgan taqdirda, u shaxsan o‘nlab million funt sterling miqdorida daromad olishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqqan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting