locale OZ

Infantino FIFA aʼzolariga 40 million dollarlik taklif bilan chiqdi

Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino FIFA aʼzolariga 40 million dollarlik taklif bilan chiqdi
ФОТО: Getty images

FIFA prezidenti Gianni Infantino tashkilotga aʼzo mamlakatlarga Jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlar sotib olishini qo‘llab-quvvatlash sharti bilan, har biriga 40 million dollardan moliyaviy yordam ajratishni taklif qildi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, gap mundial huquqlarining maʼlum ulushini sotishdan tushadigan daromadni taqsimlash haqida bormoqda. Taklif FIFAga aʼzo bo‘lgan barcha 211 milliy assotsiatsiyaga yuborilgan bo‘lib, ularga qaror qabul qilish uchun 53 kun muddat berilgan.

Infantino o‘z maktubida yakuniy qaror to‘liq assotsiatsiyalarning ixtiyorida ekanini taʼkidlagan. Agar taklif maʼqullansa, 2027 yil 1 yanvardan boshlab umumiy hajmi 10 milliard dollarlik moliyalashtirish paketi ishga tushiriladi va bu FIFA hamda milliy assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Agar aʼzolar mazkur rejani rad etsa, FIFA avval eʼlon qilingan moliyalashtirish dasturini saqlab qoladi va uning hajmini qo‘shimcha 2,7 milliard dollarga oshiradi.

Shu bilan birga, tashqi investorlarni jalb qilishga qarshi bo‘lgan ayrim manbalar mazkur taklifni ovozlarni sotib olishga qaratilgan urinish sifatida baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting