locale OZ

Infantino Eriksen bilan bog’liq vaziyat haqida fikr bildirdi

2021-yil iyun oyida Eriksen oʻyin paytida hushini yoʻqotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino Eriksen bilan bog’liq vaziyat haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

FIFA prezidenti Janni Infantino Ukraina terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi vaqtida hushini yoʻqotgan Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen haqida fikr bildirdi.

Keyinroq Daniya terma jamoasi yarim himoyachining hushida ekanligi va sharoitni hisobga olganda, oʻzini yaxshi his qilayotganini maʼlum qildi.

“Kristian Eriksenning Ukraina jamoasi bilan oʻyindagi hodisadan soʻng hushida ekanligini va zarur tibbiy yordam olayotganini eshitishdan xursandman. Kristianga tezroq sogʻayib ketishini tilayman. Shuningdek, uning oilasiga va butun Daniya terma jamoasiga eng ezgu tilaklarimni yoʻllayman. Tibbiy shtab va oʻyin rasmiylarining tezkor va samarali ishini alohida ta’kidlayman”, — dedi Infantino ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda.

2021-yil iyun oyida Eriksen oʻyin paytida hushini yoʻqotgan edi. Daniya va Finlyandiya terma jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchrashuvi vaqtida futbolchining yuragi toʻxtab qolgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting