Infantino: «2026 yilgi Jahon chempionati rekord darajadagi muxlislarni jalb etadi»
FIFA prezidenti Janni Infantino Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zladi. U 48 ta jamoa ishtirok etadigan 2026 yilgi jahon chempionati bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarni taqdim etdi.
«Bu 48 ta jamoa qatnashadigan ilk jahon chempionati bo‘ladi — bu dunyodagi barcha terma jamoalarning deyarli chorak qismi degani. Turnir doirasida uchta mamlakatdagi 16 ta zamonaviy stadionda 104 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Stadionlarda qariyb 7 million muxlis bo‘ladi, televideniye orqali esa butun dunyo bo‘ylab taxminan 6 milliard kishi tomosha qiladi. AQSHdagi muxlislar uchun bu bir oy ichida o‘tkaziladigan 104 ta Superkubokdek bo‘ladi. To‘rt hafta oldin chiptalar savdosining birinchi bosqichini ochdik va 500 milliondan ortiq buyurtma oldik. FIFA jahon chempionatlarining qariyb 100 yillik tarixida jami 50 millionga yaqin chipta sotilgan, bu safar esa atigi to‘rt hafta ichida ming yillik tarixga teng buyurtmalar oldik. Bu odamlar u yerda bo‘lishni, sayohat qilishni va birga bo‘lishni xohlashini ko‘rsatadi», — dedi Infantino.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.