Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Barselona”ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Inesta BAAning “Galf Yunayted” klubi bilan kelishuvga erishgan.
Tomonlar shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan va rasmiy e’lon uchun faqat yakuniy rasmiyatchiliklarni yakunlash hamda zarur hujjatlarni imzolash qolgan.
Ushbu jamoa BAAning ikkinchi divizionida ishtirok etadi. “Galf Yunayted” 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bir necha yil ichida jamoa BAAning uchinchi divizionidan mamlakatdagi ikkinchi darajali birinchi divizionga ko‘tarilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist