Indzagi \"Al-Hilol\"ni boshqaradi – Romano
Uning "Inter"dagi faoliyati yakunlanmoqda
Photo: Getty Images
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, u “Inter”ni tark etishga qaror qilgan va “Al-Hilol”dan tushgan taklifni qabul qiladi. Saudiya klubi unga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.
Shuningdek, u eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan biriga aylanadi. Kelasi haftada barcha ishlar rasmiy tarzda yakunlanishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist