locale OZ

Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rasmiysi Temur Kapadze haqidagi xabarlarni tasdiqladi

Muzokaralar hali boshlanmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rasmiysi Temur Kapadze haqidagi xabarlarni tasdiqladi
Фото: Sepak bola

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze faoliyatini Indoneziyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi (PSSI) menejeri Sumarji o‘z fikrini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, assotsiatsiya 44 yoshli mutaxassis bilan hali rasmiy muzokara boshlamagan, biroq Kapadze nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan:

“Bu borada hali hech qanday suhbat bo‘lmadi. Lekin shuni aytishim kerakki, Temur Kapadze bosh murabbiylik lavozimi uchun nomzodlardan biri. Federatsiya hozirda yangi murabbiy uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Persib Bandung" klubi bosh murabbiyi, xorvatiyalik Boyan Hodak ham bor. Biroq klub rahbariyati Hodakni jamoada saqlab qolmoqchi ekanini bildirgan. Patrik Klyuyvert ketganidan so‘ng bo‘sh qolgan lavozim uchun Kapadze asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda”, dedi Sumarji.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting