locale OZ

Immobile va Bernardeschi \"Bolonya\"ga o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Immobile va Bernardeschi "Bolonya"ga o'tadi
Photo: Getty Images

Chiro Immobile va Federiko Bernardeschi "Bolonya"ga o'tadi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Immobile "Beshiktosh" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini bekor qildi va "Bolonya" bilan 1+1 shartnoma imzolaydi. Bernardeschi “Toronto”ni erkin agent sifatida tark etib, A Seriya klubiga kelib qo'shiladi.

Immobile 207 ta gol bilan "Latsio" tarixidagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 2024 yilda Rim klubini tark etgan. 2024/25 yilgi mavsumda Chiro Turkiya chempionatida 15 ta gol urib, "Beshiktosh"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Bernardeschi 2025 yilda MLSda “Toronto” tarkibida 15 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting