locale OZ

Imeda Ashortia: Bu boshlanashi. Ko'p mehnat qildik va umid qilamanki, ushbu g'alabali yurishimizni davom ettiramiz

“Andijon” jamoamiz chempionatning ochilish o'yinida “Bobur arena”da “So'g'diyona”ni 4:0 hisobida tor-mor keltirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Imeda Ashortia: Bu boshlanashi. Ko'p mehnat qildik va umid qilamanki, ushbu g'alabali yurishimizni davom ettiramiz
photo: Andijon fk

Ma'lumki, kecha “Andijon” jamoamiz chempionatning ochilish o'yinida “Bobur arena”da “So'g'diyona”ni 4:0 hisobida tor-mor keltirdi.

Uchrashuvni faol o'tkazgan futbolchilarimizdan biri gruziyalik Imeda Ashortia klub matbuot xizmatiga o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“G'alaba qozonganimiz uchun Xudoga shukr. Shuningdek, muxlislarga ajoyib atmosferani yaratishgani uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Hammamizga yaxshi ma'lumki, chempionatning boshlanishi doimo qiyin kechadi, oson bo'lmaydi.

Qayd etilgan hisob bizni maydonda ustunlik qilganimizni, kuchligimizni va yaxshi tayyorgarlik ko'rganimizni ko'rsatib turibdi. G'alaba uchun juda yaxshi harakat qildik. Bu boshlanashi. Ko'p mehnat qildik va umid qilamanki, ushbu g'alabali yurishimizni davom ettiramiz".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting