Ilyos Zeytullaev: O'zbekistonning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'yin qiziq kechdi
Bunyodkor bosh murabbiyi Nasaf bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Bunyodkor FK
Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'zbekistonning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'yin qiziq kechdi. Bunday deyishimga sabab, ushbu klub so'nggi yillarda mamlakatimizda etakchilik qilmoqda. Jamoam bilan faxrlanaman. "Bunyodkor" ilk bo'limni juda yaxshi o'tkazdi, ikkinchi bo'limda esa chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" o'z so'zini aytdi.
Oldinda bizni qanday jamoaga qarshi o'yin kutib turganini bilardik, ammo yigitlar yaxshi o'ynashdi, ularga rahmat. Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlis ikkala jamoaning ham o'yinidan lazzat oldi deb o'ylayman",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor