locale OZ

Ilyos Zeytullaev: Darvozabonimizning xatosidan keyin biz to'xtab qoldik

Bunyodkor bosh murabbiyi OKMK bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilyos Zeytullaev: Darvozabonimizning xatosidan keyin biz to'xtab qoldik
photo: Bunyodkor FK

Superliganing 22-turi doirasida OKMK - "Bunyodkor" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikr bildirdi.

"Bunday o'yinlar g'alabalardan ko'ra ko'proq dars beradi. Bazida ishlar yaxshi ketyapti deb o'ylayotganingda shunday o'yinlar bizni fikrlashga, o'sishga undaydi.

Hisob 2:1 paytida biz o'ynayotgandik, hatto bunday og'ir maydonda o'ynasak ham. Yigitlarga oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda nimalardir qilishga harakat qildik. Darvozabonimizning xatosidan keyin biz to'xtab qoldik. Ha, bunday holatlar ham bo'lib turadi.

Bunaqasi boshqa bo'lmasligi kerak. Bugun tarkibda ko'plab yosh futbolchilar maydonga tushdi. OKMK jamoasida bir hafta oldin "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ham shunday holat bo'lgandi. Bu futbol",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting