Ilkay Gündog‘anning keyingi klubi nomi ma'lum bo‘ldi
Фото: Getty Images
"Manchester City" yarim himoyachisi Ilkay Gündog‘an faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga yaqin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
"Galatasaray" Gündog‘an masalasida "Galatasaray" bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, germaniyalik futbolchi istanbulliklar safida yiliga taxminan 5 million yevro maosh olishi mumkin.
Futbolchi turkiyaliklar bilan ikki yillik bitim imzolashi kutilmoqda. Tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichini muhokama qilmoqda.
Gündog‘an Angliya chempionatining joriy mavsumida hali “Manchester City” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist