locale OZ

Ilk turdagi durang pley-off eshiklari ochilishga xizmat qilsinda

Shu lahzaning o’zida qarshi hujum tashkil etgan terma jamoamiz hujumchisi Muzaffar Axadjonov ham qulay vaziyatga ega bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilk turdagi durang pley-off eshiklari ochilishga xizmat qilsinda
photo: UFF

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari futzal bo‘yicha Osiyo kubogi–2026 musobaqasi C guruhi doirasidagi ochilish uchrashuvida golsiz durang qayd etishdi — 0:0. Mazkur natija Avstraliyani 6:2 hisobida mag‘lub etgan Osiyoning to‘rt karra chempioni Yaponiya terma jamoasi foydasiga ishladi. “Samuraylar” guruhda yakka peshqadamga aylanishdi.

Qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi bahs juda keskin boshlandi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq tojikistonlik Idris Yorov xavfli vaziyat yaratdi. U himoyachilar orasidan chaqqonlik bilan o‘tib, O‘zbekiston chempionatidagi jamoadoshi Shavkat Ibragimov bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Biroq zarba aniq bo‘lmadi — to‘p to’g’ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi.

Shu lahzaning o’zida qarshi hujum tashkil etgan terma jamoamiz hujumchisi Muzaffar Axadjonov ham qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Bu safar Tojikiston terma jamoasi posboni Firuz Bekmurodov mahorat ko‘rsatib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Dastlabki daqiqalarda o‘yin qarama-qarshi hujumlar ostida boshlangan bo‘lsa-da, keyin O‘zbekiston terma jamoasi tashabbusni to’liq qo‘lga oldi va hududiy ustunlikka erishdi. Biroq hal qiluvchi zarbalarda hujumchilarimizga omad yetishmadi. Aksariyat vaziyatlarda esa Tojikiston terma jamoasi darvozaboni yuksak saviyada harakat qilib, darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Xususan, Firuz Bekmurodov Ilhom Hamroyev, Anas Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Muzaffar Axadjonovning nihoyatda xavfli zarbalarini bartaraf etdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Bekmurodov ketma-ket ikkita seyvni amalga oshirdi. Avvaliga To‘lqinovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini qaytargan bo‘lsa, keyingi vaziyatda Sunatulla Jo‘rayevning standartdan bergan kuchli zarbasini katta qiyinchilik bilan to‘xtatdi.

Uchrashuv so‘ngida har ikki jamoa ko‘proq o‘z darvozalari daxlsizligini saqlashga e’tibor qaratdi. Natijada bahs nursiz durang bilan yakunlandi. Umid qilamizki, bu durang har ikkala jamoaga pley-off eshiklarining ochilishiga xizmat qiladi. Zero futbol tilida aytganda ochko Afrikada ham ochko…

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting