locale OZ

Iliya Topuriya Serxio Ramosni «Sevilya»ni sotib olgani bilan tabrikladi

Avvalroq ispaniyalik himoyachi andalusiyaliklar aksiyadoriga aylangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iliya Topuriya Serxio Ramosni «Sevilya»ni sotib olgani bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

UFC'ning yengil vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz chempioni, 29 yoshli Iliya Topuriya o‘zining yaqin do‘sti, Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramosni «Seviliya» klubini sotib olgani bilan tabrikladi.

«Birodar, sening qanchalik baxtli ekanligingni bilaman. Sen bilan faxrlanaman. Sen men uchun doim kumir bo‘lib qolasan», — deb yozdi Topuriya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos «Seviliya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005 yilda aynan shu klubdan «Real»ga o‘tgan edi. 2023 yil sentyabrida himoyachi o‘zining qadrdon jamoasiga qaytib, 2023/2024 yilgi mavsumni u yerda o‘tkazdi. 2026 yil boshidan buyon 40 yoshli futbolchi erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting