Iliya Topuriya o'zini “Real Madrid”ga taklif qildi
FOTO: Getty Images
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ilya Topuriya o'zining futbol mahoratini yuqori baholab, “Real” tarkibini mustahkamlashga yordam berishi mumkinligini aytdi.
“Men hech narsa demayapman, lekin “Real Madrid”ga Matador kerak”, - deb yozdi Topuriya o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Ilya Topuriya o'zining navbatdagi jangini 29-iyun kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 317 turniri doirasida sobiq chempion Charlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist