locale OZ

Ilhom Mo'minjonov: \"Xatolar ustida ishlab, keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak\"

PRO-Liga 6-turi doirasida "Metallurg" - "Olimpik Mobiuz" (1:1) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo'minjonov: "Xatolar ustida ishlab, keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak"
photo: Metallurg FK

PRO-Liga 6-turi doirasida "Metallurg" - "Olimpik Mobiuz" (1:1) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin yakunlangach, mezbonlar ustozi jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. "Olimpik Mobiuz" bir necha mavsumdan buyon shakllanib kelayotgan yaxshi jamoa. G‘alaba uchun maydonga tushgandik, ammo so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik — bu futbol.

Yigitlarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Onlayn jadvalda 14 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibmiz. Bugungi o‘yindagi xatolar ustida ishlab, keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak. Safarda “Jayhun” klubi bilan o‘ynaymiz.
Maksvel jarohat orttirib oldi. Shu bois uni qayta alishtirishga to‘g‘ri keldi.

Umuman olganda shogirdlarimning harakatidan mamnunman. Avval aytganimdek asosiy maqsad — Superliga yo‘llanmasi. Shunday bo‘lsa-da, kubok bahslarida ham qaysi bosqich uchrashuvi bo‘lmasin, maydonga g‘alaba uchun tushamiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting