locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: Sen urmasang, senga urishadi

O‘yindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo‘minjonov: Sen urmasang, senga urishadi
photo: Metallurg FK

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida Metallurg - Qo‘qon-1912 bahsi bo'lib o'tdi.

O‘yindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Assalomu alaykum. "Qo‘qon-1912" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, golli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Futbolda sen urmasang senga urishadi degan gap bor. Bugun ham shunday bo‘ldi. Keyin darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin gol o‘tkazib yubordik. "Qo‘qon-1912"ning tajribali futbolchilari bu xatoni kechirmadi. 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydik, lekin futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular bor kuchlarini berishdi.

Endi PRO-Liga bahslariga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘yinni tahlil qilib oldinda kutib turgan 3 ta muhim bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kubok bahslarida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan yigitlarga imkon berdik. Menimcha ular o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatib, asosiy tarkibga ham kirishdi deb o‘ylayman, chunki keyingi turga tayyorgarlik ko‘rish uchun 10 kun vaqtimiz bor"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting