locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: Maydon yoki boshqa birorta faktorni bahona qilmoqchi emasman

PRO-Liga 7-turi doirasida QMU "Jayxun" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo‘minjonov: Maydon yoki boshqa birorta faktorni bahona qilmoqchi emasman
photo: Metallurg FK

PRO-Liga 7-turi doirasida QMU "Jayxun" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

"Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun "Jayxun" g‘alabaga haqli o‘yin namoyish etdi. Bizning o‘yinimiz esa chiqmadi. 11 metrlik zarbani ham golga aylantira olmadik. Jamoamiz tajribali futbolchilardan iborat, urilmagan penalti qattiq ta’sir qildi shekilli, ruhan bo‘shashib qoldik. Keyin xatolarga yo‘l qo‘ydik, aynan ular sababli gol o‘tkazib yubordik.

Futbolni aldab bo‘lmaydi. Raqibda xohish juda yuqori darajada edi. Shu sababli maydonni yoki boshqa birorta faktorni bahona qilmoqchi emasman.

PRO-Ligada mana shunday bahslarni yutib Superligaga chiqish kerak. Vaziyatlar bo‘ldi, lekin to‘p darvozaga kirishni xohlamadi. Bugun bizning kun emas ekan.

Uyga qaytgach, o‘yinni yaxshilab tahlil qilamiz. Oldinda bizni kubok bahslari kutib turibdi"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting