locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: «Hozir asosiy e’tiborimiz «Yaypan» bilan o‘yinga qaratilgan»

Klub matbuot xizmati murabbiy bilan suhbatlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo‘minjonov: «Hozir asosiy e’tiborimiz «Yaypan» bilan o‘yinga qaratilgan»
Фото: Металлург ПФК

"Metallurg" jamoasi "A" guruhida OKMK, "Aral" hamda "Qo‘qon-1912" klublari bilan bellashadigan bo‘ldi.

Jamoa bosh murabbiysi Ilhom Mo‘minjonov qur’a yakunlari bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Assalomu alaykum. Rostini aytaman, hozir bor e’tiborim chempionatda. Aprel oyida 25 kun ichida 6 o‘yin kutib turibdi — 2 tasi safarda, 4 tasi uyda. Mashg‘ulotdan avval kubok qur’asini kuzatdik. Ikki o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz, birinchi o‘yinimiz safarda ekan. Kubok o‘yinlariga keladigan bo‘lsak, may oyida bo‘lib o‘tadi. Kubokning 2 o‘yinini o‘z maydonimizda o‘tkazishimiz qandaydir motivatsiya berishi tabiiy. Superliganing ikki vakili, OKMK va Qo‘qon ("Qo‘qon-1912") jamoalariga qarshi va "Aral" jamoasi bilan o‘ynaymiz, PRO Liga jamoasi.

Baribir hozir murabbiylar shtabi ham, futbolchilar ham faqatgina chempionatni o‘ylayapmiz. Ta’kidlab o‘tganimdek, 1 oyda biz 6 ta o‘yin o‘tkazamiz. Hozir birinchi navbatda xayolimizni faqat "Yaypan" bilan safardagi o‘yinga qaratganmiz".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting