locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: Hayot to‘xtab qolmaydi

Uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov OAV vakillari savollariga javob qaytardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo‘minjonov: Hayot to‘xtab qolmaydi
photo: Metallurg FK

PRO-Liga 2-turi doirasida "Metallurg" — Respublika FA uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov OAV vakillari savollariga javob qaytardi.

“Bugungi o‘yin haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, 2 ochkoni qo‘ldan boy berdik. 2-tur, o‘z maydonimizdagi ochilish bahsida g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bir qancha xavfli vaziyatlardan foydalana olmadik, yarim himoyachilarimiz kerakli nuqtadan uradigan pallada pas o‘ynashdi. Raqib jamoani bir ochko bilan tabriklayman. Hayot to‘xtab qolmaydi. Chempionat endi boshlandi. Buyog‘iga yanada astoydil ishlaymiz. Maqsadimiz bitta — Superligaga chiqish. Rahbariyat oldimizga faqat shu vazifani qo‘ygan. Keyingi raqib — TerDu. Bu raqibga qarshi ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqa yo‘limiz yo‘q”,-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting