locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: Futbolchilarning maydondagi harakatlari turdan- turga biz istagan futbolga yaqinlashmoqda

PRO-Liga 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" FJ – "Metallurg" bahsidan (0:5) keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Ilhom Mo‘minjonov: Futbolchilarning maydondagi harakatlari turdan- turga biz istagan futbolga yaqinlashmoqda
photo: Metallurg FK

PRO-Liga 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" FJ – "Metallurg" bahsidan (0:5) keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi g‘alaba bilan muxlislarimizni, futbolchilarni va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Sekin-asta vazifani bajarib o‘z maqsadimiz sari intilyapmiz. Eng quvonarlisi, futbolchilar o‘yindan o‘yinga qo‘shyapti. Jamoamiz borgan sari biz murabbiylar xohlagan futbolni namoyish etmoqda.

Futbolda o‘zi ketma-ket uch-to‘rtta o‘yinda yutish osonmas, bu futbolchilarga ruhan ta’sir qiladi. Menimcha, bugungi bahs boshlarida shu rol o‘ynadi. Oddiy misol "Sho‘rtan"ni olaylik, avvalgi turda qiyin raqibni mag‘lubiyatga uchratgandi, biroq bu turda "Yaypan" bilan durang o‘ynadi. "Sho‘rtan" yaxshi jamoa, lekin negadir kecha o‘yini chiqmadi.

Yashirmayman, klubimizda bosim ancha yuqori. Rahbariyat talabi katta. Buni bilib turib jamoani qabul qilib olganman. Biz murabbiylar o‘n oylik musobaqani stressda o‘tkazamiz. O‘z paytida "Neftchi"da ham shunday bo‘lgandi va bu menga yoqadi, bunga tayyorman. Ikkinchi davrada tarkibni yanada kuchaytirishni niyat qilganmiz".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting