locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: \"Chempionlik uchun \"Aral\", \"Metallurg\" va \"Sho‘rtan\" kurashadi\"

O‘zbekiston PRO-Ligasi 9-turida "Metallurg" safarda "Sho‘rtan" jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ilhom Mo‘minjonov: "Chempionlik uchun "Aral",  "Metallurg" va "Sho‘rtan" kurashadi"
photo: Metallurg FK

O‘zbekiston PRO-Ligasi 9-turida "Metallurg" safarda "Sho‘rtan" jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

O‘yindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Murosasiz kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Golgacha o‘yin bo‘ldi, xavfli vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ha, standartlar bo‘ldi, lekin buni xavfli vaziyat deb hisoblamayman. "Sho‘rtan"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

Endi keyingi uchrashuv haqida o‘ylashimiz lozim, chunki "Aral" bilan "Sho‘rtan" ilgarilab ketyapti. Birinchi davra tugashiga bitta tur bor, shu o‘yinni yaxshi o‘tkazib olishga harakat qilamiz.

Aytganimdek, o‘yin golgacha bo‘ladigan bahslardan bo‘ldi. Gol urib olgach, "Sho‘rtan" himoyani ayniqsa mustahkam ushladi, bizda esa zaxiradan tushganlar o‘zlarini ko‘rsata olishmadi.

"Sho‘rtan"ning zaif nuqtalari? "Sho‘rtan" — yaxshi jamoa. Zaif nuqtasi bo‘lganida, bizni yuta olmasdi.

O‘yin davomida nisbatan hujum chizig‘imizdan ko‘nglim to‘lmadi.

PRO-Ligada chempionlikka "Aral", "Metallurg" va “Sho‘rtan” jamoalari kurashadi. Shu uchta jamoadan boshqa chinakam da’vogarni ko‘rmayapman. Biz uchun har bir o‘yin qiyin o‘tyapti. Har bir raqib biz bilan o‘yinda maydonga boshqacha motivatsiya bilan tushyapti. Hali birinchi davra ham tugagani yo‘q, eng qizig‘i hali oldinda deb o‘ylayman. Kim chempion bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Bizga esa yana yarim himoyachi va hujumchi kerak".

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting