locale OZ

Ilhom Mo‘minjonov: Aynan Aral jamoasini mag‘lubiyatga uchratishimiz muhim edi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turida "Metallurg" o‘z maydonida "Aral" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Mo‘minjonov: Aynan Aral jamoasini mag‘lubiyatga uchratishimiz muhim edi
photo: Metallurg FK

O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turida "Metallurg" o‘z maydonida "Aral" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yindan keyin mezbonlar ustozi jurnalistlar savollariga javob berdi.

"G‘alaba bilan shogirdlarimizni tabriklayman. Chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi.

Yigitlar yaxshi bilishadi "Aral" jamoasi PRO-Ligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchimiz hisoblanadi. Kubok bo‘lsa ham bu raqibni mag‘lub etishimiz kerak edi. Bu borada futbolchilar bilan gaplashgandik. Yigitlar vazifani uddalashdi, 3 ochko qo‘lga kiritildi. Endi keyin o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Avval ham aytgandim, asosiy vazifamiz Superligaga chiqish. Shunday bo‘lsa-da, har bir murabbiy, har bir futbolchi yutqazishni istamaydi. Maksimal darajada harakat qilyapmiz. Kubokda o‘yin amaliyoti kamroq bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat beryapmiz. Gap yo‘q, chunki ular asosiy tarkibga vakillariga aylanishmoqda, deya olaman. Oldinda endi "Qo‘qon-1912" bilan o‘ynaymiz, keyin birinchi davradagi 3 ta o‘yinimizni yakunlab qo‘yamiz.

"Qo‘qon-1912" jamoasining "Aral" bilan o‘yinini ko‘rib chiqdik. Nukusdagi maydonni bilasizlar, u yerda boshqacha o‘yin ko‘rsatgan. Shu sababli oxirgi o‘yinni ko‘rib (OKMK bilan), o‘rganib chiqamiz.

Mohir Komilovning aytadigan gapim — respekt. Oyoqda ham, o‘yinni o‘qiy olishda ham ishonchli harakat qildi. Barakalla! Kichik xatolar bor, ammo ularni to‘g‘rilaymiz. Bizda yana ikki nafar posbonimiz bor — Suhrob Sultonov va Dilrux Aliyev. Kubokda barcha kiperlarimizga ham imkoniyat beramiz.

Yochich, Bubanya va Tojidinovda jarohat bor, yana uch nafar futbolchimiz — Shorahmedov, G‘ofurov va Mo‘ydinovga dam bergandik.

Aytganimdek, asosiy vazifa PRO-Ligada muvaffaqiyat qozonish. Ammo yuzaga kelgan vaziyat, imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda futbolchilarning o‘zi ham keyingi bosqich uchun astoydil harakat qilishsa ajab emas. Hozir 3 kundan so‘ng, 4-kun o‘yinimiz. Jiddiy tayyorgarlik qilamiz. Baribir raqib Superliga jamoasi hisoblanadi"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting