Ilgiz Tantashev klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o'yinga tayinlandi
O'zbek hakami “Inter Mayami” — “Portu” uchrashuvida to'rtinchi hakam sifatida ishlaydi
Rasm: championatasia
Ayni paytda Amerika Qo'shma Shtatlarida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ham faol ishtirok etmoqda.
Turnirning 2-tur doirasida Ilgiz Tantashev “Inter Mayami” hamda “Portu” jamoalari o'rtasidagi o'yinga to'rtinchi hakam sifatida tayinlandi.
Mazkur bellashuvda quyidagi hakamlar faoliyat olib boradi:
• Bosh hakam: Kristian Garay (Chili)
• Qanot hakamlari: Migel Rocha va Xose Retamal (ikkalasi ham Chili)
• To'rtinchi hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Bu tayinlov o'zbek hakamlari xalqaro maydondagi obro'si oshib borayotganidan dalolat beradi.
Bakradze Iman
Redaktor