locale OZ

Ilgiz Tantashev \"Fluminense\" - \"Borussiya D\" uchrashuvini boshqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilgiz Tantashev "Fluminense" - "Borussiya D" uchrashuvini boshqaradi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradigan ilk o‘yin ma’lum bo‘ldi.

Alisher Nikimbaevning "Futbolium" kanali xabariga ko‘ra, Braziliyaning "Fluminense" va Germaniyaning "Borussiya D" klublari o‘rtasidagi F guruhi 1-tur bahsini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Tantashevga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Ushbu bahs 17 iyun kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 12:00da, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting