locale OZ

Ikrom Aliboyev: «Maydonning holati biroz ranjitdi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikrom Aliboyev: «Maydonning holati biroz ranjitdi»
Photo: Neftchi PFK

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev Sports24.uz muxbiri bilan qisqacha suhbatlashdi.

“Qo‘qon-1912” bilan o‘yin juda og‘ir o‘tdi. Raqib bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Qolaversa, “Neftchi” 10 yildan beri Qo‘qonda g‘alaba qozonmagan ekan. Bugun shu an'anaga barham berganimizdan xursandmiz.

Maydonning holati biroz ranjitdi. Bir so‘z bilan aytganda futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Shuning hisobiga o‘yin asosan yakka kurashlarga boy o‘tdi”, - deydi Aliboyev.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" ushbu g‘alabadan so‘ng 33 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting