locale OZ

Ikkita yulduz futbolchi «Real»ga tekinga o'tishi mumkin

Ispaniya klubi kelgusi transfer oynalarida markaziy himoyani kuchaytirish uchun ko‘p harakat qilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikkita yulduz futbolchi «Real»ga tekinga o'tishi mumkin
Photo: gettyimages

«Real Madrid» kelgusi transfer oynalarida markaziy himoyani kuchaytirish uchun ko‘p harakat qilishi kutilmoqda.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Madrid grandining asosiy maqsadi «Liverpul» futbolchisi Ibrahim Konate va «Arsenal» himoyachisi Uilyam Saliba.

«Real Madrid» birinchi bo‘lib «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan Konateni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Fransuz may oyida 27 yoshga to‘ladi. Mart oyida o‘zining 25 yoshini nishonlaydigan Salibaga kelsak, uning «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda «Real Madrid» bir necha bor top-futbolchilarni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting