locale OZ

Ikkita top-klub «Man Siti» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Hozirda tomonlar rasmiy muzokaralarga kirishmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikkita top-klub «Man Siti» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stouns kelayotgan yozda jamoani tark etadi. Tomonlar 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadigan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirishmayapti.

Caught Offside nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, 31 yoshli ingliz futbolchisida faoliyatini Italiya yoki Ispaniya chempionatlarida davom ettirish variantlari mavjud.

Madridning «Atletiko» va «Milan» klublari Stounsni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, avvalroq Myunxenning «Bavariya» klubi ham himoyachiga befarq emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Jon Stouns Pep Gvardiola jamoasi tarkibida kam maydonga tushmoqda. Tajribali futbolchi Angliya Premyer-ligasining atigi yetti uchrashuvida ishtirok etdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchining shartnomasi yakunlanib borayotgani uning yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida yoki arzonroq narxda boshqa klubga o‘tish imkoniyatini oshirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting