locale OZ

Ikki nafar vakilimiz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki nafar vakilimiz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi!
Photo: Telegram

Bugun Peruda davom etayotgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, ular orasida vakillarimiz ham bor.

Jumladan, ayollar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Marjona Abdumutalova dast ko'tarishda 88 kg natija ko'rsatib kumush hamda siltab ko‘tarishda 102 kg natija ko‘rsatib bronza medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ikki kurash yakuniga ko‘ra ham 190 kg bilan yana bir kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan sportchimiz Xikmatillo Xaydarov dast ko‘tarish mashqida 154 kg toshni bo‘ysundirgan holda bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting