Ikki nafar futbolchining ota-onalari Florentino Peres bilan bogʻlanishdi
Madridning «Real» klubining ikki nafar futbolchisi o‘z farzandlariga yetarli o‘yin amaliyoti berilmayotganidan xavotir bildirib, bevosita klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qilishdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu holat oilalarning futbolchilarga bo‘lgan ta’siri kuchayganini hamda Madrid klubi ichidagi tarang muhit saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoa yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, «qaymoqranglilar»ning kamida olti nafar futbolchisi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan aloqani uzgani, ba’zi o‘yinchilar esa o‘zaro gaplashmay qo‘ygani haqida ma’lumotlar mavjud.