locale OZ

Iker Kasilyas «Real» uchun munosib murabbiy nomini aytdi, Pike esa kiyinish xonasidagi mushtlashuv ustidan kuldi

Avvalroq Valverde va Tchuameni oʻrtasida janjal yuz bergandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iker Kasilyas «Real» uchun munosib murabbiy nomini aytdi, Pike esa kiyinish xonasidagi mushtlashuv ustidan kuldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida La Liganing tadbirlaridan birida undan «qaymoqranglilar» uchun eng munosib murabbiy haqida so‘rashganini ma’lum qildi. Sobiq posbon ushbu savolga «Xabi Alonso» deb javob bergan.

Mazkur xabarga «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike izoh qoldirib, kinoyali tarzda savol berdi: «Xo‘sh, seningcha, mushtlashuvda kim g‘alaba qozondi?»

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni, 7 may sanasida «Real» mashg‘uloti vaqtida yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqani, keyinchalik u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgani ma’lum bo‘lgan edi.

To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilgan va u shifoxonaga olib ketilgan. Voqea sababchilarining har biri klub tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting