locale OZ

Iker Kasilyas Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishiga qarshi chiqdi

Avvalroq bir qator manbalar portugaliyalik mutaxassis ushbu lavozimga tayinlanishga yaqin ekanini tasdiqlagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iker Kasilyas Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishiga qarshi chiqdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Joze Mourinyoning «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligiga qaytishini istamasligini ma’lum qildi. Avvalroq bir qator manbalar portugaliyalik mutaxassis ushbu lavozimga tayinlanishga yaqin ekanini tasdiqlagan edi.

«Mourinyuga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q. U men uchun yuqori darajadagi professional bo‘lib tuyuladi. Biroq uni «Real»da ko‘rishni istamayman. O‘ylaymanki, boshqa murabbiylar mening orzuimdagi klubda bu vazifani yaxshiroq uddalagan bo‘lardilar. Bu mening shaxsiy fikrim. Boshqa hech narsa emas», — dedi Kasilyas.

Eslatib o‘tamiz, Kasilyas 2010–2013 yillar davomida «Real»da aynan Mourinyu qo‘l ostida to‘p surgan. Hozirgi vaqtda murabbiy Lissabonning «Benfika» klubini boshqarmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting