Ikardi Turinda klubiga o‘tishi haqiqatga yaqin emas
Joriy mavsumda 32 yoshli argentinalik barcha musobaqalarda 9ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hujumchisi Mauro Ikardi Italiyaning "Torino" klubiga o‘tmaydi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, OAVdagi mish-mishlarga qaramay, Ikardining "Torino"ga o‘tish ehtimoli deyarli imkonsiz.
Ta'kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lmagan. Qolaversa, Ikardining o‘zi ham bunday transferga qiziqmayapti. Ikardi "Galatasaroy" safida 2022 yildan beri to‘p surmoqda.
Joriy mavsumda 32 yoshli argentinalik barcha musobaqalarda 9ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi. Forvardning klub bilan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist