locale OZ

Igor Tudor «Tottenhem»dan kompensatsiya pulini olishdan voz kechdi

Avvalroq tomonlar oʻrtadagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Tudor «Tottenhem»dan kompensatsiya pulini olishdan voz kechdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi Igor Tudorni bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi. Mutaxassis mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani uchun «shporlar»dan hech qanday tovon puli (kompensatsiya) talab qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Igor Tudor 14 fevraldan buyon «Tottenhem»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta uchrashuvda 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Ayni damda London klubi 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda, xolos.

Xorvatiyalik mutaxassis o‘z faoliyati davomida «Yuventus», «Latsio», «Marsel», «Verona», «Udineze», «Galatasaroy» va boshqa bir qator nomdor jamoalarda murabbiylik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting