Igor Tudor: \"Real\" bizdan yaxshiroq edi\"
Photo: Getty Images
"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor jamoasi klublar o'rtasidagi jahon chempionatini tark etgach, o'z fikrini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, turinliklar 1/8 finalda Madridning "Real" klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yagona gol 54-daqiqada kiritildi, uning muallifi "qaymoqranglilar" hujumchisi Gonsalo Garsiya bo'ldi.
"Yigitlarimni tabriklashim mumkin — bunday noqulay ob-havo sharoitida ular qo'llaridan kelganini qilishdi. Juda og'ir bo'ldi. Yaxshi o'yin, ammo bugun "Real" yaxshiroq edi. Raqiblarni tabriklayman," — dedi Tudor DAZN bilan o'yindan keyingi suhbatda.
Bahrom Bobonov
Redaktor