locale OZ

Igor Tudor: «Mag‘lubiyatga qaramay, jamoam o‘z kuchi bilan faxrlanishi mumkin»

«Tottenhem» bosh murabbiyi «Atletiko»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Tudor: «Mag‘lubiyatga qaramay, jamoam o‘z kuchi bilan faxrlanishi mumkin»
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng «Tottenhem» bosh murabbiyi Igor Tudor o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Londonliklar ushbu uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:7) musobaqani tark etishga majbur bo‘lishdi.

«Albatta, hozirgi his-tuyg‘ularim turlicha. Biz kurashdan chiqdik, ammo bugun maydonda haqiqiy jamoa bor edi. Futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi, energetika ham juda yuqori edi. Muxlislar jamoamiz oxirigacha bor kuchini berishini o‘yin boshidanoq tushunib yetishdi va bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Buning uchun ularga rahmat. Hisob 1:0 bo‘lganida futbolchilarda keyingi bosqichga chiqishga ishonch paydo bo‘ldi. Bu o‘yinning burilish nuqtasi edi. «Liverpul» bilan kechgan bahsdan uch kun o‘tib, shunday o‘yin namoyish etish juda muhim edi», — deya Tudorning so‘zlarini keltirmoqda «Tottenhem» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «shporlar» umumiy bosqich yakunida 17 ochko jamg‘argan holda 1/8 final bosqichiga yo‘llanma olgan edilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting