locale OZ

Igor Tudor «Liverpul»ga qarshi oʻyingacha isteʼfoga chiqarilmaydi — manba

«Tottenhem» bosh murabbiyining kursisi qimirlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Tudor «Liverpul»ga qarshi oʻyingacha isteʼfoga chiqarilmaydi — manba
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Igor Tudor jamoaning «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Premyer-ligasining 30-tur uchrashuviga qadar o‘z lavozimida qoladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, xorvatiyalik mutaxassis mersisaydliklarga qarshi bahsga qadar iste’foga chiqarilmaydi. Shunga qaramay, klub rahbariyati jamoaning turnir jadvalidagi holatidan jiddiy xavotirda. Ayni damda «shporlar» xavfli zonadan atigi bir ochko farq bilan oldinda bormoqda.

Igor Tudor qo‘l ostida «Tottenhem» o‘tkazilgan barcha to‘rtta rasmiy uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Xususan, jamoa «Arsenal»ga qarshi derbida (1:4) hamda Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida Madridning «Atletiko» klubiga (2:5) yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, «Kristal Pelas» (1:3) va «Fulhem» (1:2) jamoalariga qarshi bahslarda ham muvaffaqiyatsizlik qayd etildi.

Jamoaning kelgusi o‘yinlardagi natijalari Igor Tudorning kelajagini belgilab berishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting