Igor Tudor APL tarixida bir klub bilan 50 kundan kam ishlagan beshinchi murabbiyga aylandi
Avvalroq «Tottenhem» mutaxassisni isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
«Tottenhem»dan iste’foga chiqarilgan murabbiy Igor Tudor jamoani bor-yo‘g‘i 43 kun davomida boshqardi. Shu tariqa, u Angliya Premyer-ligasi tarixida klub bilan 50 kundan kam ishlagan beshinchi mutaxassisga aylandi.
APL tarixida eng qisqa muddat ishlagan murabbiylar beshligi:
- Kristian Stellini («Tottenhem») — 29 kun.
- Sem Ellardays («Lids Yunayted») — 30 kun.
- Angelos Postekoglu («Nottingem Forest») — 39 kun.
- Les Rid («Charlton Atletik») — 40 kun.
- Igor Tudor («Tottenhem») — 43 kun.
Eslatib o‘tamiz, Tudor 14 fevraldan buyon «shporlar»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta uchrashuvda 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Ayni damda «Tottenhem» 30 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist