locale OZ

Igor Surov: «O‘z ustimizda ishlashimiz kerak»

Rossiyalik mutaxassis jamoani boshqaradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Surov:  «O‘z ustimizda ishlashimiz kerak»
Фото: Машъал ПФК

«Mash’al» jamoasining yangi bosh murabbiyi Igor Surov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalambor, ko‘rsatilgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, bizda katta salohiyat mavjudligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Oldinda bizni juda ko‘p ishlar kutib turibdi, ammo biz yigitlarga ishonamiz. O‘z ustimizda ishlashimiz va takomillashishimiz kerak bo‘lgan jihatlar hali ko‘p.

O‘ylaymanki, biz ko‘p jihatdan o‘sishimiz kerak. Yigitlar harakat qilmoqda. Eng muhimi, ularda psixologik, taktik va jismoniy tomonlama rivojlanishga intilish bor. Shuning uchun bu borada bizda katta zaxira mavjud, deb hisoblayman. Bundan tashqari, o‘yin intizomi juda muhimligini ham alohida ta’kidlayman.

Barchada yagona maqsad bo‘lishi o‘ta muhim. Hozirda bunga erishish uchun barcha kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Yigitlar esa bu borada bizga har tomonlama ko‘maklashishmoqda. Ularda jipslashishga bo‘lgan kuchli xohish ham ko‘rinib turibdi. Shu bois, ushbu qadam uchun rahbariyatga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman», — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting