locale OZ

Igor Surov — Mash’al bosh murabbiyi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Surov — Mash’al bosh murabbiyi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsum oldidan bosh murabbiy masalasini hal qildi.

Klub rahbariyati jamoa tizginini xorijlik mutaxassisga topshirishga qaror qildi.

Muborakliklar 2026 yilgi mavsum uchun Igor Aleksandrovich Surov bilan kelishuvga erishishdi. 40 yoshli mutaxassis endilikda “gazchilar”ning muvaffaqiyatlari uchun mas’ul bo‘ladi.

Igor Surov haqida ma’lumot:

Tajriba: Mutaxassis Markaziy Osiyo futbolini yaxshi biladi. U “Mash’al”ga kelguniga qadar Tojikistonning “Esxata” hamda Qirg‘izistonning “Bars” jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Maqsad: Klub rahbariyati Surovning xalqaro tajribasi Muborak jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlariga erishishda asqotadi deb hisoblamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting