locale OZ

Igor Surov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qildi

"Mash’al" professional futbol klubi ma’muriyati jamoa bosh murabbiyi Igor Surov bilan o‘rtadagi mehnat shartnomasi bekor qilinganligini rasman e’lon qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Surov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qildi
photo: Mash'al fk

"Mash’al" professional futbol klubi ma’muriyati jamoa bosh murabbiyi Igor Surov bilan o‘rtadagi mehnat shartnomasi bekor qilinganligini rasman e’lon qiladi.

"Afsuski, so‘nggi vaqtlarda Igor Surovning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan jiddiy muammolar uning o‘z xizmat vazifasini to‘liq davom ettirishiga monelik qildi. Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, klub rahbariyati va murabbiy o‘zaro kelishuvga asosan amaldagi shartnomani to‘xtatishga qaror qildilar.

Igor Surov jamoa jilovini qo‘lga olgan ilk kunlaridanoq o‘zining yuqori professionalligi, boy tajribasi va futbolga bo‘lgan cheksiz fidoyiligi bilan ajralib turdi. Uning qo‘l ostida "Mash’al" jamoasi maydonda mazmunli o‘yin namoyish etishga va muxlislarimizni xursand qilishga intildi. Murabbiyning klub infratuzilmasini rivojlantirish va futbolchilarning mahoratini oshirish borasidagi mehnatlarini yuksak qadrlaymiz.

"Mash’al" professional futbol klubi rahbariyati, jamoa a’zolari va ko‘p sonli ishqibozlari nomidan Igor Surovga Muborak futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Biz Igor Surovga avvalo mustahkam sog‘liq, tezroq oilasi va futbol olamiga sog‘-salomat qaytishini tilab qolamiz. Sizning keyingi faoliyatingizda doimo omad va zafarlar yor bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan,
"Mash’al" professional futbol klubi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting