locale OZ

Igor Sergeyev: \"Ularning guruhdagi ahvoli yaxshi emas\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Sergeyev: "Ularning guruhdagi ahvoli yaxshi emas"
Photo: gettyimages

Terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeyev bo'lajak o'yinlar haqida o'z fikrlarini bildirdi:

“Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qatar kuchli terma jamoalar ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Ularning guruhdagi ahvoli yaxshi emas, shuning uchun ham raqiblar bor kuchi bilan harakat qilib, uch ochkoni qo'lga kiritishga urinishadi. Buni yaxshi yoki yomon deb bo'lmaydi. Jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritish uchun rasmiy o'yin va kuchsiz jamoa ham borini beradi. Biz maydonda raqibni yengishga tayyormiz”,-deydi O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev

Eslatib o'tamiz Igor Sergeyev jarohati sababli terma jamoaning bir qator o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting