locale OZ

Igor Ivanovich Ximich — “Neftchi” futbol akademiyasi direktori

Mutaxassis 2010 yilda qisqa muddat «Desna» (Chernigov) jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Ivanovich Ximich — “Neftchi” futbol akademiyasi direktori
photo: Neftchi FK

Klubimizda muhim tayinlov amalga oshirildi. Ukraina futbolida katta tajribaga ega mutaxassis, sobiq murabbiy Igor Ivanovich Ximich endi “Neftchi” futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritadi.

Igor Ivanovich Ximich akademiyamizda mashg‘ulotlarni Lobanovskiy metodi asosida tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu metod futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, taktik fikrlashini va jamoaviy uyg‘unligini yuqori darajada shakllantirishga qaratilgan.

Igor Ximich xaqida
• 1967 yil 1 sentyabr kuni Ukraina tug‘ilgan.
• Futbolchilik faoliyati davomida «Niva» (Mironovka), «Katex» (Irpin), «Fakel-GPZ» (Varva) va «Rigonda-2» (Bela Syerkva) klublarida darvozabon sifatida o‘ynagan.
• 2001 yilda futbolchi sifatida karyerasini yakunlab, murabbiylikka o‘tdi.
• 2002–2010 yillarda bir necha marta «Ros» (Bela Syerkva) klubini boshqargan.
• 2010 yilda qisqa muddat «Desna» (Chernigov) jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajargan.
• Keyingi yillarda Ukraina futbol federatsiyasida instruktor sifatida ishlab, metodologiya va yosh murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib borgan.
Igor Ivanovich Ximich klubimiz akademiyasini yanada zamonaviy va samarali tizim asosida rivojlantirish, yosh futbolchilar uchun yetuk sharoitlar yaratish hamda xalqaro tajribani amaliyotga joriy etishni asosiy vazifa qilib belgilagan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting