Igor Golbanning jarohati yuzasidan rasmiy ma'lumot
Bugun Superliga 4-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” – “Mash'al” uchrashuvining 13-daqiqasi o'tib borayotgan vaziyatda jamoamiz himoyachisi Igor Golban to'p uchun kurashda raqib futbolchisining tirsagidan zarba qabul qildi.
Jamoamizning tajribali shifokori darhol unga birinchi tez tibbiy yordamni ko'rsatdi va futbolchi o'yinning qolgan qismini peshonasiga maxsus bint boylangan holda o'tkazdi.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchimizdagi jarohat shundayki, qoshining yuqori qismi bir yarim santimetr ko'rinishida yirtilgan. Natijada oʼyindan keyin unga uchta chok tikilgan.
Golban professional futbolchigini yana bir bor isbotlagan holda u jarohatiga qaramasdan jamoaga yordam berish uchun yana o'zida kuch topa olgan.
Biz futbolchiga sog'lik tilaymiz va jamoamizning har bir a'zosining sog'ligi biz uchun muhim.