locale OZ

Igor Golban: «Klubning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi»

Golban klub matbuot xizmatiga oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Golban: «Klubning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi»
Фото: Андижон ПФК

Yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladigan tajribali himoyachi Igor Golban klub matbuot xizmatiga oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdi.

“Andijon” jamoasidan tushgan taklifdan xursand boʻldim. Klubning oldiga jiddiy maqsadlar qoʻyilgan va bu yoʻlda men ham qoʻlimdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Yangi jamoaga hamda muhitga moslashish juda yaxshi kechmoqda.

Klubning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi. Tarkib ham kuchaytirilyapti. Antaliyadagi yigʻinimiz ham murabbiylarning koʻrsatmalari asosida davom etmoqda. Biz bu yerdan chempionatga optimal formada yetib boramiz. Barchamiz yangi mavsumda muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting