locale OZ

IFAB vaqtni choʻzishga qarshi kurashish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrib chiqadi — The Athletic

Xususan, toʻp autga chiqqanidan keyin uni oʻyinga kiritish uchun aniq vaqt chegarasi belgilanishi muhokama qilinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IFAB vaqtni choʻzishga qarshi kurashish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrib chiqadi — The Athletic
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) kelasi hafta o‘yinda vaqtni ataylab cho‘zishga qarshi qo‘shimcha choralarni muhokama qiladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, sun’iy tarzda o‘yinni sekinlashtirishga qarshi kurash doirasida bir qator yangi mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, to‘p autga chiqqanidan yoki darvoza zarbasidan keyin uni o‘yinga kiritish uchun aniq vaqt chegarasi belgilanishi va buning uchun teskari sanoq joriy etilishi muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, futbol qonunchilari o‘yin davomida amalga oshiriladigan almashtirishlar uchun ham vaqt limiti o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Avvalroq o‘yin davomida yo‘qotiladigan vaqtni kamaytirish maqsadida darvozabon to‘pni qo‘lida sakkiz soniyadan ortiq ushlab turgan taqdirda raqib jamoa foydasiga burchak zarbasi belgilanishi haqidagi qoida joriy etilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting